Eron 3,6 kilometrdan oshiq balandlikka ko‘tarila oladigan yangi uchuvchisiz uchar qurilmani taqdim etdi

Eron 3,6 kilometrdan oshiq balandlikka ko‘tarila oladigan yangi uchuvchisiz uchar qurilmani taqdim etdi

Eron harbiylari yangi «Miroj-1» mahalliy, razvedka maqsadlariga yo‘naltirilgan uchuvchisiz uchar qurilmani namoyish etdi. Bu haqda shanba kuni Tasnim agentligi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, og‘irligi 35 kg bo‘lgan uchuvchisiz uchar qurilmaning qanotlari 3,6 metrga teng bo‘lib, 12 ming fut (3650 m) balandlikka ko‘tarila oladi. Qurilma soatiga 140 km tezlikka chiqishi mumkin va havoda 10 soat 30 daqiqa davomida parvoz qilish imkoniga ega. Uchuvchisiz uchar qurilma 150 km masofada ma’lumotlarni uzatishi va qo‘shimcha 5 kg.gacha og‘irlikni ko‘tarishi mumkin.

Eron uzoq yillar davomida harbiy sanoatni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. U ballistik raketalarni ishlab chiqishda jiddiy yutuqlarga erishdi. Bundan tashqari, mamlakat rasmiylari vaqti-vaqti bilan mahalliy uchuvchisiz uchar qurilmalar namunalarini namoyish qilmoqda. 2019 yil 1 sentyabrda Eron qurolli kuchlari yangi «Kiyan» uchuvchisiz uchar qurilmani taqdim etdi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!