Erdo‘g‘an Qoshiqchi ishi bo‘yicha: Turkiya Saudiya tomoni ushbu jinoyatga oydinlik kiritishini «sabr-toqat bilan kutmoqda»

Erdo‘g‘an Qoshiqchi ishi bo‘yicha: Turkiya Saudiya tomoni ushbu jinoyatga oydinlik kiritishini «sabr-toqat bilan kutmoqda»

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ma’lum qilishicha, turk hukumati Saudiya Arabistoni, AQSH, Fransiya, Kanada, Germaniya va Buyuk Britaniyaga saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi yozib olingan audioyozuvni taqdim etgan. Bu haqda Hurriyet Daily News nashri xabar qilmoqda.

«Kim so‘ragan bo‘lsa, ularning bari bu qotillik audioyozuvini tinglashdi. Bizning razvedka tashkilotimiz hech narsani yashirmadi. Yozuv - haqiqiy fojia. Hatto Saudiya razvedkasi xodimi ham bu yozuvni tinglaganida dahshatga tushdi. U yigit, katta ehtimol bilan, geroin iste’mol qilganini aytdi, sababi faqatgina geroindagi odam shunday ishni qilishi mumkin», - dedi Erdo‘g‘an jurnalistlarga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya Saudiya tomoni ushbu jinoyatga oydinlik kiritishini «sabr-toqat bilan kutmoqda».
 
Erdo‘g‘anning qo‘shimcha qilishicha, jinoyatga aloqadorlar orasida saudiyalik 18 nafar yuqori mansabli amaldor bor, ular jurnalist o‘ldirilgan kuni atayin Istanbulga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kanada bosh vaziri Qoshiqchi ishi bo‘yicha audioyozuvlar borligini tasdiqlagandi.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!