"Er 10 yilga ijraga beriladi, O‘zbekiston byudjeti paxtaga qarab qolgani yo‘q,- Shavkat Mirziyoyev

"Er 10 yilga ijraga beriladi, O‘zbekiston byudjeti paxtaga qarab qolgani yo‘q,- Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev:"Er 10 yilga ijraga beriladi, O‘zbekiston byudjeti paxtaga qarab qolgani yo‘q. Mis, gazni qo‘shimcha qiymat bilan ishlab chiqaryapmiz. Bu qo‘shimcha pullar degani"
Samarqandda boshqa turdagi xizmatlarni rivojlantirish orqali, 60 mingta yangi ish o‘rinlari yaratiladi. Samarqand shahrida 17 ta, Kattaqo‘rg‘on shahrida 8 ta yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazlari barpo etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev samarqandlik saylovchilar bilan uchrashuv davomida ma’lum qildi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Bulung‘ur, Jomboy, Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi va Oqdaryo tumanlaridan o‘tuvchi avtomagistral yo‘lning ikki tarafida yo‘l bo‘yida, qariyb 1 trln so‘mlik 500 ta loyiha doirasida mingdan ziyod servis obektlari ishga tushiriladi va 5 mingta ish o‘rinlari yaratiladi.

Shuningdek, 17 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga ochiq tanlov asosida, 1 gektargacha yer uzoq muddatli ijaraga beriladi va 54 ming aholi bandligi ta’minlanadi.

Bundan tashqari, qo‘shimcha 30 ming gektar yangi yer maydoni o‘zlashtirilib, meva-sabzavot, dorivor va ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun tanlov asosida ajratiladi. Bunda, elektr tortish va quduq qazish xarajatlarining 50 foizi byudjetdan qoplab beriladi.

"Payariq, Qo‘shrabot, Ishtixon, Narpay, Bulung‘ur va Urgut tumanlarining lalmi yerlarida 19 ming gektar intensiv bog‘ va 18 ming gektar tokzor barpo etish orqali, qo‘shimcha 40 ming ish o‘rinlari yaratiladi.
Misol uchun, Ishtixonda 100 gektar maydonda tokzorlar “tayyor holda” aholiga 7 yil muddatga lizing asosida beriladi. Bunda, yangi bog‘ va tokzorlar uchun yer solig‘ini to‘lashdagi imtiyozli davr 3 yildan 5 yilga uzaytiriladi.

Bandlik jamg‘armasidan 50 milliard so‘m ajratib, 5 mingdan ziyod aholi tomorqasida yengil konstruksiyali issiqxonalar quriladi. Shuningdek, meva-sabzavotni qayta ishlash klasteri faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Nurobod, Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘onda 18 ming gektar lalmi yer maydonlari o‘zlashtirilib, qo‘y va echkichilik klasterlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, kamida 500 bosh qoramol bo‘lgan 48 ta yirik chorvachilik komplekslari ishga tushiriladi va yangi o‘zlashtiriladigan 2,4 ming gektar ozuqa uchun ajratiladi.

Toyloq, Samarqand, Oqdaryo, Kattaqo‘rg‘on va Nurobodda parrandachilik klasterlari tashkil etilib, 50 ming tonna parranda go‘shti yetishtiriladi.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish maqsadida, Qo‘shrabot, Nurobod, Payariq, Ishtixon va Urgutda za’faron va lavanda plantasiyalari tashkil etiladi.

Irrigasiya sohasida 145 mln dollar hisobiga, 69 ta nasos stansiyasi modernizasiya qilinadi va 48 ming gektar maydonning suv ta’minoti yaxshilanadi.

Shu bilan birga, “Bulung‘ur” suv omborida qurilish ishlari yakunlanib, Bulung‘ur, Payariq va Jomboy tumanlarida 36 ming gektar maydonning suv ta’minoti yaxshilanadi.

Umuman olganda, kelgusi besh yilda Samarqand viloyatini rivojlantirish uchun davlat hisobidan 41 trln so‘m yo‘naltiriladi", dedi Shavkat Mirziyoyev uchrashuv davomida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!