Endi bozorlarda Zulfiyaxonim asarlari o‘qib eshittiriladi

Endi bozorlarda Zulfiyaxonim asarlari o‘qib eshittiriladi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida “Oiladagi zo‘ravonlik masalalari, turli vaziyatlar tahlili va bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar” mavzusidagi brifing tashkil etildi. 

“Mamlakatni bilaman desang, bozor bilan mozoriga bor, degan gap bor. Haqiqiy bozorchi ayollarda na ma’naviyat, na ma’rifat bor. Ammo shu so‘zga mos bo‘lmasligi uchun xotin-qizlar qo‘mitasi nima qildi?”, - dedi O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Basitxanova.

Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavhar Alimovaning aytishicha, Siyob bozoridagi ayollarning o‘zini tutishi masalasi kun tartibida turgan muammoli masalalardan biri.

O‘zbekiston xotin-qizlar raisi Elmira Basitxanovaning aytishicha, endilikda bozorlarda qo‘mitaning boshlang‘ich tashkiloti tuziladi. 

Bozorda ishlaydigan ayollar ma’rifatsiz “bozorchi ayol” nomiga munosib bo‘lmasliklari uchun boshlang‘ich tashkilot xonasida ular bilan ma’rifiy suhbatlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

“Bor harakatimiz bozor haqiqatan ham ma’rifat manbai bo‘lishiga erishishga qaratiladi”, - dedi Basitxanova.

Shuningdek, bozorlarda radiouzel orqali Zulfiyaxonimning “Xotiram siniqlari”ga o‘xshash asarlar har kuni besh-olti martadan o‘qib eshittirilishi, muomala madaniyati mavzusida eshittirishlar tayyorlanishi ham ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!