Emlangan qozog‘istonliklar Maldiv orollarida dam olishi mumkin

Emlangan qozog‘istonliklar Maldiv orollarida dam olishi mumkin

Sputnikning qozoq xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Nur-Sulton shahrida COVID-19'ga qarshi emlangan aholi o‘rtasida Maldiv orollariga chipta o‘ynaladi. Aksiyada 25 oktyabrdan 25 dekabrga qadar birinchi komponent bilan emlanganlar ishtirok etishi mumkin.

Biroz avvalroq Qozog‘iston poytaxtida vaksinasiyadan o‘tgan aholi o‘rtasida ikki xonali kvartira, mashina va 20 dan oshiq iPhone 12 smartfoni, maishiy texnika hamda boshqa qimmatbaho sovg‘alar o‘ynalgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!