Elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olganmi?

Elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olganmi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda elektr hisoblagichlar iste’molchilardan ortiqcha kilovatt uchun pul olgani qayd etildi» sarlavhali xabar e’lon qilindi. Ushbu xabar mutlaqo noto‘g‘ri. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda elektr hisoblagichlar aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi to‘g‘risida murojaatlarning har biri Energetika vazirligi hamda tizim tashkilotlari tomonidan alohida nazoratga olinib, har bir murojaat joyiga chiqqan holda mualliflar ishtirokida o‘rganilmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o‘rganishlar jarayonida aholiga ortiqcha iste’mol va pul hisoblayotganligi aniqlanmagan.

Shu o‘rinda ayrim ijtimoiy tarmoq adminlaridan aholi orasida shubha uyg‘otuvchi ma’lumotlarni chiqarmasliklarini so‘ragan holda, bu kabitasdiqlanmagan xabarlar uchun qonunchilikda javobgarlik borligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!