"El Mundo Financiero":O‘zbekiston va Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va keng ko‘lamli sheriklikni yanada mustahkamlash tarafdori

"El Mundo Financiero":O‘zbekiston va Qozog‘iston yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va keng ko‘lamli sheriklikni yanada mustahkamlash tarafdori

Ispaniyaning ommabop "El Mundo Financiero" elektron nashrida Qozog‘iston Prezidentining 5 aprel kuni O‘zbekistonga buyurgan tashrifiga bag‘ishlangan maqolae’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozog‘iston yetakchisi Qasim-Jomart Toqayev shu yilning 5 aprel kuni Xiva shahriga tashrif buyurdi, — deyiladi maqolada. — Oliy darajadagi tadbirlar doirasida davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, shuningdek, iqtisodiy sheriklikning keng ko‘lamli masalalari, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, energetika, transport, suv xo‘jaligi, axborot texnologiyalari sohalaridagi hamkorlik yuzasidan fikr almashdilar".

Qayd etilishicha, hamkorlik loyihalarini jadallashtirish, avval erishilgan kelishuvlarga muvofiq sarmoyaviy bitimlar va savdo shartnomalarini eng yuqori darajada amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

"O‘zbekiston va Qozog‘iston umumiy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari asosida qurilgan mustahkam qo‘shnichilik munosabatlari namunasidir, — deya ta’kidlangan materialda. — Mustaqillik davrida har ikki davlat ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikning dinamik modelini namoyish etdi. 2022 yil dekabr oyida ikki davlat o‘rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning imzolanishi chinakam tarixiy voqea bo‘lib, ikki tomonlama munosabatlarni misli ko‘rilmagan yuksak darajaga ko‘tardi".

Ispan nashri ma’lum qilganidek, Qozog‘iston O‘zbekistonning uchta yirik tashqi savdo hamkorlaridan biri bo‘lib, respublika umumiy savdo hajmining 9,3 foizini tashkil etadi.

"O‘zbekiston va Qozog‘iston – eng yaqin qo‘shni hamda ittifoqchi davlatlardir. Ularning munosabatlari umumiy do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillari asosida qurilgan. Har ikki davlat ham mintaqaviy sheriklik kun tartibini izchil rivojlantirmoqda. Bu jarayonda har bir mamlakatning uzoq muddatli va izchil rivojlanishi butun mintaqaning barqarorligi va farovonligi bilan uzviy bog‘liqligiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birgalikdagi sa’y-harakatlar natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi siyosiy muhit vujudga keldi", — deb yozgan "El Mundo Financiero".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!