El Klasiko yana qoldirilishi mumkin?!

El Klasiko yana qoldirilishi mumkin?!

“Barselona” – “Real” Madrid uchrashuvi kataloniyalik separatislarning yangi norozilik namoyish o‘tkazish rejalari sabab yana xavf ostida qoldi. Katalon separatislari navbatdagi norozilik namoyishini El Klasiko – “Barselona” – “Real” uchrashuvi o‘tkaziladigan 18 dekabrga rejalashtirgan.  Shu bois El Klasiko yana qoldirilishi mumkin.

“football24.ua” xabarida keltirilishicha, “Demokratik sunami” tashkiloti 18 dekabr kuni norozilik aksiyasini o‘tkazishni rejalashtirayotganini e’lon qilgan. Unda ishtirok etish uchun 18 ming nafar odam ro‘yxatdan o‘tgan.

Ushbu aksiya o‘yindan 4 soat oldin “Kamp Nou” stadionining 4 tomonida boshlanishi ehtimoldan xoli emas. Natijada muxlislar stadionga kira olmay qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 26 oktabr kuniga rejalashtirilgan El Klasiko Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari ommaviy namoyishi tufayli 18 dekabrga ko‘chirilgan edi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda La ligada “Barselona” va “Real” klublari 34 tadan ochko jamg‘argan. Faqatgina urilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar nisbatiga ko‘ra, katalon jamoasi chempionat jadvalida peshqadam bo‘lib turibdi. “Qirollik klubi” esa 2-o‘rinda bormoqda.   

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!