Eksklyuziv surat: Mirziyoyev va Rahmon tojik to‘nida

Eksklyuziv surat: Mirziyoyev va Rahmon tojik to‘nida

Xabaringiz bor, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon joriy yilning 17-18 avgust kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi.
 
Tashrif davomida poytaxt Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da Tojikiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilgan. Prezidentlar ushbu ko‘rgazmada ishtirok etgani haqida avval xabar bergan edik.
 
“Qalampir.uz” manbasi Prezident Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonning ushbu tadbirdan olingan eksklyuziv suratini yetkazdi. Suratda ikki davlat rahbarlarining tojik hunarmandlari tomonidan qo‘lda tikilgan to‘nni kiyib, suhbatlashayotgani tasvirlangan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!