Dunyoning eng qimmat kiyim brendi ma’lum bo‘ldi

Dunyoning eng qimmat kiyim brendi ma’lum bo‘ldi

Nike dunyoning 2020 yildagi eng qimmat kiyim brendi bo‘ldi. U 34,3 milliard dollarga baholandi. Bu haqda Interbrand konsalting agentligi ma’lum qildi.

Agentlik tahlilchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, Nike joriy yilda o‘tgan yil bilan taqqoslaganda olti foizga qimmatladi. U dunyoning eng qimmat kompaniyalari umumiy reytingida 15-o‘ringa ko‘tarildi.

Undan bir pog‘ona pastda Fransiyaning Louis Vuitton modalar uyi joylashdi (umumiy reytingda 17-o‘rin).

Ulardan keyingi o‘rinni narxi 21,2 milliard dollar deb baholangan Chanel brendi egalladi. Yuqori beshlikka, shuningdek, Hermes modalar uyi va Gucci kompaniyasi joylashdi.

Adidas ro‘yxatning 50-qatoridan joy oldi, Dior va Prada esa mos ravishda 83- va 99-o‘rinlarni egalladi.

Nike o‘tgan yil oktyabrida dunyodagi eng qimmat sport brendi deb topilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!