Dunyoning eng chuquri joyida kutilmagan “topilmalar” aniqlandi

Dunyoning eng chuquri joyida kutilmagan “topilmalar” aniqlandi

53 yoshli amerikalik tadqiqotchi va sarmoyachi Viktor Veskovo boshchiligidagi Five Deeps ekspedisiyasi dunyoning eng chuqur nuqtasi Mariana botig‘ining eng tubiga yetib, kutilmagan manzara guvohi bo‘ldi.

Veskovoning DSV Limiting Factor suv osti kemasi 10928 metrlik chuqurlikka sho‘ng‘iy oldi. 13 mayda ekspedisiya Mariana botig‘iga sho‘ng‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatilganini e’lon qildi. Avvalgi rekord 10912 metrni tashkil qilib, 1960 yilda okeanshunoslar Don Uolsh va Jak Pikar tomonidan Triyest kemasida o‘rnatilgan.

Ushbu rekord egasi Uolsh ham Veskovo kemasi bortida bo‘lgan.

Ekspedisiya Mariana botig‘ining Chellenjer deb ataluvchi chuqurligida o‘tgan. Rekord sho‘ng‘ishni Diskaveri kanali tasvirga olgan.Veskovo jamoasi botiqning tubiga besh marta tushgan. Olimlarning aytishicha, ular 8 km chuqurlikda pushtirang shilliqqurtni hamda qisqichbaqasimonlarning 4 ta yangi turini uchratishgan. Biroq eng hayratlanarli topilmalar plastik paket va bir nechta konfet qog‘ozi bo‘lgan. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, olimlar topilgan jonzotlarda qancha miqdorda mikroplastik borligini aniqlash uchun ularda sinov o‘tkazishadi. Ekspedisiya ishtirokchilari insoniyatning ekologiyaga ta’siri sayyoramizning eng olis nuqtalarida ham ko‘rinayotganini afsus-nadomat bilan ta’kidlab o‘tishgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!