Deputat 12 yoshli bolalarni ham jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qildi

Deputat 12 yoshli bolalarni ham jinoiy javobgarlikka tortishni taklif qildi

Qozog‘istonda ayrim jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini 14 yoshdan 12 yoshgacha qisqartirish kerak. Bu haqda deputat Magerram Magerramov parlament yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi «Kazinform».

“Bugungi kunda yoshligi tufayli jinoyatchilar jazosiz qolmoqda. Ehtimol, biz Buyuk Britaniyadan o‘rnak olib, jinoiy javobgarlik boshlanadigan yoshning chegara qiymatini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak, ba’zi jinoyatlar uchun javobgarlik 14 yoshdan emas, balki 12 yoshdan boshlab belgilanadi, masalan, zo‘rlash holatlarida", - dedi u.

Voyaga yetmaganlarning huquqiy tarbiyasi, maktab o‘qituvchilarining «yosh avlodning buzg‘unchi xulq-atvorining barvaqt oldini olish» qobiliyati haqida gapirar ekan, deputat bezorilikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus kengash tuzilgan Yaponiyani misol qilib keltirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu kengash faoliyati «kattalarning bolalar uchun xavfsiz muhit yaratish uchun mas’uliyatini oshirishga qaratilgan».

Magerramov voyaga yetmaganlarning profilaktikasi va ularni xabardor qilishning alohida usuli sifatida voyaga yetmaganlarning huquqiy tarbiyasini kuchaytirishni taklif qildi. Deputat fikricha, o‘smirda kriminogen xulq-atvorning shakllanishiga axloqiy, huquqiy va boshqa ijtimoiy himoya shakllarining yagona tizimi yo‘qligi sabab bo‘lmoqda, zo‘ravonlikning keng tarqalishi esa bezorilik, banditizm va jinoiy turmush tarzining romantiklashuviga olib kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!