CNES: Marsda zilzila bo‘ldi

CNES: Marsda zilzila bo‘ldi

Fransiyaning CNES koinot agentligi ma’lumot berishicha, AQSh tomonining InSight koinot qurilmasiga o‘rnatilgan SEIS fransuz seysmometri Mars sayyorasida yuz bergan zilzilani o‘z xotirasiga muhrladi.

Eslab o‘tish joizki, seysmometr AQShning Apollo kemalari o‘z vaqtida Oyda qayd qilgan yer silkinishlariga o‘xshash signalni yozib olgan edi.

Loyiha menejeri Sharl Yananing aytishicha, signal nisbatan kuchsiz bo‘lgan. Buni kuchsiz yer silkinishi deya qayd etish ham mumkin.

Ma’lumki, Qo‘shma Shtatlarning InSight koinot qurilmasi o‘tgan yili may oyida havoga ko‘tarilgan va noyabrda Mars sirtiga qo‘ngan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!