“Chiroyli” avtoraqamlarning narxlari o‘zgardi

“Chiroyli” avtoraqamlarning narxlari o‘zgardi

Endilikda “chiroyli” raqamlar kamida 5 ish kuni muddatga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo‘yiladi.

Hukumatning 2018 yil 25 iyundagi qarori bilan Jismoniy va yuridik shaxslarga avtotransport vositalari uchun ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini oshirilgan to‘lov stavkalari bo‘yicha berishda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ axborot tizimida auksion o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda. 

Endilikda “chiroyli” raqamlar kamida 5 ish kuni muddatga (ilgari 3 ish kuni) auksionga qo‘yiladi.

Bundan tashqari “chiroyli” raqamlarning boshlang‘ich narxlari va toifalari ham o‘zgardi.

Xususan, 002, 003, 004, 005, 006, 008, 009 raqamlar kombinasiyasi 2 toifaga o‘tkazildi.

2 toifa raqamlarining boshlang‘ich narxi agar ular har xil kombinasiyadagi harflar bilan bo‘lsa, eng kam ish haqining 40 baravari (ilgari 70 baravar) etib belgilandi.

Ayrim raqamlar kombinasiyasi (100, 200, 300, 400, 500, 600, 700, 800, 900) ro‘yxatdan chiqarildi.

O‘zA


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!