Chimkentda yirik yong‘in chiqdi

Chimkentda yirik yong‘in chiqdi

Bugun tongda Qozog‘istonning Chimkent shahridagi plastik oyna ishlab chiqaruvchi korxonalardan birida yirik yong‘in yuz berdi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligining Favqulodda qo‘mitasi vakili Ruslan Imonqulov ma’lumotiga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan 04.20 da shaharning sanoat hududida joylashgan binoning tom qismi yonayotgani haqida chaqiruv kelib tushgan. Yong‘in 5 ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

Yong‘inni bartaraf etishga 20 texnika, 80 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan. Yong‘inni bostirishga erishilgan.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!