CES 2019 ko‘rgazmasida SanDisk naq 4 terabaytlik USB-fleshka taqdim etdi!

CES 2019 ko‘rgazmasida SanDisk naq 4 terabaytlik USB-fleshka taqdim etdi!

Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan Consumer Electronics Show 2019 tadbiri doirasida Western Digital kompaniyasi SanDisk brendi ostidagi yangi fleshksini rasman namoyish etdi. U ayni damda eng katta hajmli USB-saqlagich hisoblanadi naq 4 terabayt!Ushbu mahsulot bozorga qachon chiqarilishi hozircha ma’lum emas, ammo u o‘ta qimmat bo‘lishi aniq. Avvalroq ayni shu SanDisk brendi ostida chiqarilgan 2 terabaytlik USB-fleshkalarning narxi 1000 dollardan ham oshiq.Yangi 4 terabaytlik fleshkada fayl almashish uchun zamonaviy USB Type-C ulagichi qo‘llanadi. U korpusdan surilib chiqmasdan, 5 santimetrlik alohida simga o‘rnatilgan. Fleshkaning o‘zi alyuminiydan ishlangan bo‘lib, brelok singari biror nimaga bog‘lab qo‘yish uchun plastik ildirgichi bor.

Manba: terabayt.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!