Buxorodagi bozorda sotuvchi ayol bozor xodimini kaltakladi

Buxorodagi bozorda sotuvchi ayol bozor xodimini kaltakladi

2020 yil 21 fevral kuni soat 09.00 larda G‘ijduvon tumanida yashovchi, 1987 yilda tug‘ilgan ayol T.Z jamoat joyi hisoblangan “G‘ijduvon tuman dehqon bozori”da o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan, ushbu bozor ma’muriyati xodimi, shu tumanda yashovchi, 1961 yilda tug‘ilgan S.V.ning fuqaro T.Z noqonuniy qurgan savdo do‘konini bozor hududidan chiqarishi kerakligi to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmay, bozor hududidagi fuqarolar oldida S.V.ni nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlab, qo‘llari bilan tanasining turli joylaridan qasddan bir necha marotaba urib, unga yengil shikast yetkazgan holda bezorilik jinoyatini sodir qilganligini aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan T.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!