Buxoroda "zapchast" do‘konidagi portlashda bir odam halok bo‘ldi

Buxoroda "zapchast" do‘konidagi portlashda bir odam halok bo‘ldi

1 mart kuni soat 08:57 larda Buxoro viloyati, Buxoro shahar, “Yoshlik” MFY, Alpomish ko‘chasida joylashagan 2-qavatli binoning 1-qavatidagi avtomobil ehtiyot qismlari do‘konining yerto‘lasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgan.

Chaqnash oqibatida 1-qavatning 2 dona beton plitasi qulab tushgan. Chaqnash sababi va zarari aniqlanmoqda. Voqea joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro olgan tan jarohatlari bilan voqea joyida xalok bo‘lgan va yana 1 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

Voqea joyiga viloyat va shahar FVB rahbariyati hamda yong‘in-qutqaruv ekipajlari, IIB, Prokuratura, “Hududgazta’minot” va SSB xodimlari chiqishgan.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!