Buxoroda spirtli ichimlik jinoyat ko‘chasiga boshladi

Buxoroda spirtli ichimlik  jinoyat ko‘chasiga boshladi

2019 yil 1 may kuni Buxoro shahri Alpomish ko‘chasida yashovchi, Kogon tuman hokimiyatining buxgalteriya bo‘limi soliq maslahatchisi O‘.G‘. qo‘shnisi, F.J. bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, o‘rtalarida kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida O‘.G‘. uyi oldida F.J.ni pichoq bilan jarohatlagan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, F.J. kasalxonaga yotqizilib, O‘.G‘. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!