Buxoroda 80 yoshli qariya jinoyatga qo‘l urdi

Buxoroda 80 yoshli qariya jinoyatga qo‘l urdi

Buxoro. 2020 yil 20 may kuni Shofirkon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qora dori-2020” tezkor tadbiri davomida Shofirkon tumanida yashovchi 80 yoshli R.R., ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan vaqtida, yashash hovlisining xo‘jalik buyumlari saqlanadigan xonaning yuqori qismiga osilgan holdagi va qora rangli mato bilan to‘silgan ayvon qismida osilgan holdagi jami 2.524 tup umumiy sof og‘irligi 19.434 grammga teng bo‘lgan ko‘knor giyohvandlik vositalarini kelgusida o‘tkazish maqsadini ko‘zlab, qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi, bundan tashqari 4 tup kannabis va 2 tup ko‘knor giyohvandlik o‘simliklarini qonunga xilof ravishda ekib, parvarishlaganligi aniqlangan.

 Shuningdek,  R.R., ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, uyning yashash xonasida turli xil o‘ramlarda bo‘lgan yashil, sarg‘ish va binafsha ranglardagi, o‘ziga xos o‘tkir hidli, umumiy sof og‘irligi 1.284 grammga teng bo‘lgan quritilgan “ko‘knor” giyohvandlik vositalari aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli ravishda hujjatlashtirib olingan.

 O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, holat yuzasidan Shofirkon tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan R.R., ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi (Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) va 25, 273-moddasi 5-kismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga tayorgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.   


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!