Buxoroda 6 oyda 17 ming 878 ta chaqaloq dunyoga kelgan

Buxoroda 6 oyda 17 ming 878 ta chaqaloq dunyoga kelgan

Chaqaloqlarning 9 ming 194 nafari o‘g‘il, 8 ming 684 nafarini qiz bolalar tashkil etadi.
Tumanlar kesimida tahlil qilinganda, eng ko‘p tug‘ilishni qayd etish G‘ijduvon tumani FHDYo bo‘limida (3 ming 46 ta) va eng kam Qorovulbozor tumani FHDYo bo‘limida (190 ta) kuzatiladi.

Shuningdek, dastlabki olti oylikda viloyat bo‘yicha 7 ming 532 ta nikoh to‘g‘risidagi dalolatnoma yozuvlari rasmiylashtirildi. Eng yuqori o‘rinlardan G‘ijduvon (1 ming 119 ta), Shofirkon (746 ta) va Qorako‘l (671 ta) tumanlari joy olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!