Bugun Yunusoboddagi metro qurilishida halok bo‘lganlarga bag‘ishlab yuzga yaqin xatmi Qur’on o‘qildi

Bugun Yunusoboddagi metro qurilishida halok bo‘lganlarga bag‘ishlab yuzga yaqin xatmi Qur’on o‘qildi

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi metropoliten qurilishida ayanchli vafot etganlar oilalariga hamdardlik bildirish davom etayotganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, diniy idora tasarrufidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalarida 90 ta xatmi Qur’on o‘qilib, halok bo‘lganlar ruhiga bag‘ishlandi.

«Xatmi Qur’onlar yakunida Yaratgan Parvardigordan halok bo‘lganlarning solih amallarini o‘zlariga hamroh qilishini, gunohlarini mag‘firat etishini, yotgan joylarini jannat bog‘laridan bir bog‘ qilishini iltijo qilib so‘raldi», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!