Botsvanada 350 dan ortiq fil noma’lum sabablarga ko‘ra halok bo‘ldi

Botsvanada 350 dan ortiq fil noma’lum sabablarga ko‘ra halok bo‘ldi

Botsvana shimolida 350 dan ortiq fil noma’lum sabablarga ko‘ra halok bo‘ldi — olimlar vaziyatni ekologik falokat deb atashmoqda.

Mamlakat hukumati ommaviy qirg‘inga nima sabab bo‘lganini aniqlashga urinmoqda, deb xabar beradi «ekolog.uz» «The Guardian»ga tayanib.

Fillarning o‘limi dastlab may oyining boshlarida Okavango daryosining deltasida qayd etilgan. Oy oxiriga borib halok bo‘lgan hayvonlar soni 169 taga yetgan, iyun o‘rtalariga kelib esa ushbu ko‘rsatkich ikki barobarga oshgan. Ta’kidlanishicha, halok bo‘lgan fillarning 70 foizi suv ob’ektlari yaqinidan topilgan.

Britaniyaning tabiatni muhofaza qiluvchi «Milliy bog‘ni qutqarish» xayriya tashkiloti direktori Nayl MakKanning so‘zlariga ko‘ra, «fillarning bu qadar ommaviy qirilishi yaqin yillar ichida kuzatilmagan».

Botsvana hukumati halok bo‘lgan hayvonlarning tahlillarini tadqiq etishni hozircha yakunlagani yo‘q. Olimlar ikkita versiyani ilgari surmoqda — noma’lum patogen yoki zaharlanish. Brakonyerlar tez-tez hayvonlarni sianid bilan zaharlab turadi — hayvon jasadini yeydigan jonzotlar halok bo‘lmaydi. Avval boshida Sibir kuydirgisi deya taxmin qilingan variant chiqarib tashlangan. Fojiaga COVID-19 ham sabab bo‘lishi mumkin deb hisoblangan, biroq keyinroq buning ehtimolligi kam, degan xulosaga kelingan.

MaKkann mamlakat hukumati hozirga qadar namunalarni tadqiqot laboratoriyalariga jo‘natmaganidan hayratda, chunki fillarning ommaviy qirilishi sharoitida mahalliy aholi kasalliklar tarqalishidan xavotirda.

«Hukumat yetarli darajada tezkorlikni amalga oshirmayapti. Xususiy tashkilotlar o‘z yordamida taklif qildi, biroq ular buni qo‘llab-quvvatlamadi», — deydi MaKkann.

Mahalliy aholining ta’kidlashicha, ular fillarni aylana bo‘lib yurganini ko‘rgan — bu nevrologik buzilishdan dalolat. Yana bir nechta kuchsiz va holdan toygan fillarga duch kelingan — taxminlarga ko‘ra, ular yaqin vaqtlar ichida vafot etadi. Olimlarning hisoblashicha, halok bo‘lgan fillar soni aslida ko‘p bo‘lishi mumkin.

Okavango daryosi deltasida 15 mingga yaqin fil yashaydi — bu Botsvanadagi butun populyasiyaning 10 foizi demak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!