Bosh epidemiolog: "Mamlakatda koronavirus epidemiyasi ikkinchi to‘lqinining boshlanishi ehtimoli juda kam"

Bosh epidemiolog: "Mamlakatda koronavirus epidemiyasi ikkinchi to‘lqinining boshlanishi ehtimoli juda kam"

Xitoyda COVID-19 infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq ikkinchi to‘lqinning boshlanish ehtimoli juda past baholanmoqda. Bu haqda mamlakatning yetakchi epidemiologi Chjun Nanshan ma’lum qildi, deb xabar bergan «Interfaks».

«Xitoydagi epidemiyaga qarshi tizim va ko‘rilgan kurash choralarini inobatga olib mamlakatda koronavirus epidemiyasining ikkinchi to‘lqini bo‘lishining ehtimoli juda kamligini ayta olaman», – degan Chjun Nanshan.

Xitoyning bosh epidemiologi koronavirusga qarshi chora-tadbirlar gripp infeksiyasiga qarshi turishda ham bir xil samara berishini qayd etdi.

Pandemiya boshlanganidan buyon Xitoyda 85 ming nafar kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan, 4,6 mingdan ziyod bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan. Xitoyda oxirgi bir sutka ichida 30 oktyabr holatiga ko‘ra 25 ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!