Bolalar uchun yangilik: olimlar uzoq vaqt yorilmaydigan sovun pufakchalarini yaratdilar

Bolalar uchun yangilik: olimlar uzoq vaqt yorilmaydigan sovun pufakchalarini yaratdilar

Physical Review Fluids jurnalida chop etilgan yangi maqolaga ko‘ra, fransuz fiziklari plastmassa, gliserin va suv zarralaridan «abadiy pufakchalar» yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday pufaklar 465 kungacha "yashaydi".

2020 yilda fiziklar ulkan pufakchalarni yaratishning asosiy tarkibiy qismi turli uzunliklariga ega polimerlarni aralashtirish ekanligini aniqladilar. Natijada sovun plyonkasi hosil bo‘lib, u gigant pufakcha yorilishining oldini olish uchun yetarlicha cho‘zilishi mumkin.

Lill universiteti xodimi Aymerik Ru va uning hamkasblari uch xil pufakchalar bilan tajriba o‘tkazdilar: standart sovun pufakchalari, suvdan tayyorlangan gaz sharlari va suvdan tayyorlangan, lekin gliserin qo‘shilgan pufak.

Standart sovun pufakchalari, kutilganidek, taxminan bir daqiqa ichida yorilib ketdi. Ammo Ru va uning hamkasblari suv-gliserinli gaz sharlari sezilarli darajada uzoqroq, besh haftadan 465 kungacha yorilmasligini aniqladilar, bu esa tadqiqotchilarga suv va gliserinning optimal nisbatini - uzoq muddatli «sovun» pufakchalari uchun mukammal reseptni aniqlash imkonini berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!