Boks. Hasanboy Do‘smatov 14 aprel kuni Toshkentda IBA kamari uchun jang qiladi

Boks. Hasanboy Do‘smatov 14 aprel kuni Toshkentda IBA kamari uchun jang qiladi

Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan charm qo‘lqop ustamiz Hasanboy Do‘smatovning navbatdagi jangi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, charm qo‘lqop ustamiz 14 aprel kuni Toshkent shahrida tashkil etiladigan IBA chempionlar oqshomi turnirida ringga ko‘tariladi. Hasanboyning raqibi avval ma’lum qilinganidek, ispaniyalik Samuel Karmona bo‘ladi. Ushbu jang rasman o‘z tasdig‘ini topdi.

Yodingizda bo‘lsa, ikki bokschi Dubaydagi IBA Chempionlar oqshomida yuzma-yuz kelishgandi. IBA kamari uchun kechadigan jangning face to face marosimini ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor o‘tkazib bergan edi. IBA prezidenti Umar Kremlyov ijtimoiy tarmoqda jang Ispaniya yoki O‘zbekistonda o‘tkazilishi haqida aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!