Bojxonachilar salkam 2 milliardlik «tilla» avtobus to‘xtatdi

Bojxonachilar salkam 2 milliardlik «tilla» avtobus to‘xtatdi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi «G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda yashirin taqinchoqlar aniqlandi.

Yurtimizga o‘tish uchun fuqaro boshqaruvida kirib kelgan avtobus belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, avtobusning qo‘shimcha g‘ildiragining ichki qismida xufiyona yashirilgan taxminiy qiymati 1 mlrd 770 mln so‘mlik 59 kg zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda bojxona organlari tomonidan surishtiruv tergov harakatlari olib borilmoqda.

Amaldagi tartiblarga muvofiq, jismoniy shaxslar bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlarisiz, yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida ko‘rsatgan holda umumiy og‘irligi 65 grammdan ko‘p bo‘lmagan qimmatbaho metalllar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini olib kirishlari mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!