Bog‘chadagi jinoyatlar fosh etildi: bolalarni urishgan, haqoratlashgan va mazax qilishgan

Bog‘chadagi jinoyatlar fosh etildi: bolalarni urishgan, haqoratlashgan va mazax qilishgan

Orenburg viloyatidagi bolalar bog‘chalaridan birida turli jinoyatlar fosh etildi. Bu haqda mahalliy prokuratura matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tarbiyachilar bog‘cha bolalarini urishgan, haqoratlashgan, mazax qilishgan. Xususan, uch yashar bolakayning qo‘liga urishgan, boshqa ayrim bolalarni xona o‘rtasiga turg‘azib qo‘yib, baqirib urishishgan va ma’lum vaqt boshlariga ham urishgan.

Tarbiyachi ayollar bu ayblovlarni rad etishdi, ammo sud bolakaylarni himoya qildi. Qonunbuzarlar 320 soat majburiy mehnatga jalb qilindi hamda ikki yilga pedagogik faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!