O‘zbekiston va Italiya «The Samarkand express» hashamatli sayyohlik poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi

O‘zbekiston va Italiya «The Samarkand express» hashamatli sayyohlik poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yadi

Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va Italiyaning «Arsenale Group» kompaniyasi o‘rtasida ushbu turistik poyezd loyihasi bo‘yicha hujjat imzolandi.

«The Samarkand express»ning ishga tushirilishi O‘zbekistonda turizm uchun yangi imkoniyatlar ochadi, unutilmas hissiyot va taassurotlar izlayotgan xorijiy sayohatchilarni jalb qiladi. Poyezd nafaqat transport vositasi, balki yo‘lovchilarga qadimiy va zamonaviy O‘zbekiston tarixi, an’analari va turmush tarzi bilan tanishish imkoniyatini beruvchi madaniy almashinuv platformasi bo‘ladi.

Loyiha turizmda, kichik va yirik biznes sohalarida yangi ish o‘rinlari yaratish orqali mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Ushbu loyiha turizmni rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning muhim o‘rin ega ekanini ifoda etadi. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro obro‘sini oshirishga, butun dunyodan VIP sayyohlar e’tiborini jalb qilishga va uning Markaziy Osiyodagi eng qiziqarli turizm yo‘nalishlaridan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

«The Samarkand express» – yo‘lovchilarga mislsiz qulayliklar va betakror sayohat taassurotlarini taqdim etadigan hashamatli poyezddir. Yo‘lovchilar keng va nafis kupelar, sarxil taomlar, yuqori darajali xizmat ko‘rsatish va go‘zal O‘zbekiston landshaftlarining hayratlanarli manzaralarini taqdim etuvchi panoramali oynalardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!