BMT Isroilni «qurolli to‘qnashuv zonalarida bolalarga zarar yetkazadigan» davlatlar ro‘yxatiga kiritadi

BMT Isroilni «qurolli to‘qnashuv zonalarida bolalarga zarar yetkazadigan» davlatlar ro‘yxatiga kiritadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Isroilni «qurolli to‘qnashuv zonalarida bolalarga zarar yetkazadigan» davlatlar va tashkilotlarning qora ro‘yxatiga kiritishga qaror qildi.

Israel National News xabariga ko‘ra, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Isroilning AQShdagi harbiy attashesi general Xedi Zilbermanni tashkilot qarori haqida xabardor qilgan.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti rahbari generalga Isroil ISHID, «Al-Qoida», «Boko-Haram» terrorchi tashkilotlari bilan bir ro‘yxatda bo‘lishini ma’lum qildi.

Isroilning Guterrishni bunday harakatdan voz kechishga ko‘ndirish urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchragani xabar qilinadi. Kelgusi hafta BMT «qurolli mojaro zonalarida bolalarga zarar yetkazuvchi» mamlakatlar va tashkilotlarning yangilangan qora ro‘yxatini e’lon qiladi, ular orasida Isroil ham bor.

Taxminlarga ko‘ra, ro‘yxatda Isroil davlatining nomi aniq tilga olinmaydi va BMT vaziyatda aybdor sifatida «Isroil armiyasi»ni belgilaydi.

G‘azo sektorida har 10 daqiqada bir bola halok bo‘ladi yoki yaralanadi

2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektorida davom etayotgan hujumlari natijasida 36 586 falastinlik, jumladan 10 171 ayol va kamida 15 328 bola halok bo‘ldi, yana 83 074 nafar falastinlik yaralandi.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektorida har 10 daqiqada bir bola halok bo‘ladi yoki yaralanadi.

G‘azo sektori hukumati matbuot xizmatining 3 iyun kuni ma’lum qilishicha, eksklavdagi 3500 nafar bola ochlik tufayli o‘lim xavfiga duch kelgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!