"Bizga imomlar kerak emas". Hindistonda yuzlab madrasalar yopilmoqda

"Bizga imomlar kerak emas". Hindistonda yuzlab madrasalar yopilmoqda

Hindistonning musulmonlar ko‘p yashaydigan Assam shtatida davlatga qarashli 700 madrasa yopilib, ularning o‘rnida oddiy maktablar ochiladigan bo‘ldi. 

The Guardian nashrining xabar berishicha, bu haqda Assam shtatining Ta’lim vaziri Ximanta Bisva Sarma ma’lum qilgan. Madrasalarni aprel oyigacha yopish rejalashtirilgan. “Bizga musulmonlar orasidan ko‘proq shifokorlar, polisiya zobitlari, amaldorlar va o‘qituvchilar kerak, masjidlar uchun imom emas”, – deya izohladi vazir mazkur qarorni. 

Muxolifat partiyalari esa ushbu qarorni qoralab, u islomofob xarakterga egaligini aytmoqda. “Maqsad – musulmonlarni yer yuzidan yo‘q qilib yuborish”, – deydi Kongress partiyasi vakili Vajid Chaudxari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!