Bir oilaning 8 nafar a’zosi, kolbasa sexi ishchisi koronavirus yuqtirdi - batafsil

Bir oilaning 8 nafar a’zosi, kolbasa sexi ishchisi koronavirus yuqtirdi - batafsil

26 iyun holatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, nafaqat poytaxtimizda, balki boshqa hududlarda ham aholi orasida koronavirusga chalinish holatlari ko‘payganining guvohi bo‘lish mumkin.

?Kecha 250 holatda kasallik aniqlangan bo‘lib, shundan 25 nafari aholi orasida qayd etilgan. Buni hududlar kesimida ko‘radigan bo‘lsak, Xorazm viloyatida 10 nafar, Toshkent shahrida 8 nafar, Toshkent viloyatida 5 nafar, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida esa 1 nafardan.

?Jumladan, Toshkent viloyatida yashovchi A.Z.da (profilaktika maqsadida namuna topshirgan), Qibray tumanida yashovchi S.A.da (tumandagi kolbasa sexi ishchisi), Parkent tumanida yashovchi G.M.da, ushbu tumanda yashovchi yana bir fuqaro J.T.da (har ikki holatda ham profilaktika maqsadida namuna topshirgan) va viloyatdagi “G‘ishtko‘prik” chegara posti navbatchi epidemiologi M.S.da kasallik aniqlangan.

?Shuningdek, Sirdaryo viloyatida Qozog‘iston Respublikasidan qaytgan F.M.da, Buxoro davlat universiteti magistri M.X.da (afg‘onistonlik), Xorazm viloyati Xonqa tumanida yashovchi R.YU. va uning 7 nafar oila a’zosida, Urganch tumanida yashovchi X.X.da, Xazorasp tumanida yashovchi M.R.da (bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilgani sababli namuna topshirgan) ham koronavirus tasdiqlangan.

‼️Sog‘liqni saqlash vazirligi doimgidek aholini ogohlantirishda davom etadi.

‼️Jumladan, aholini imkon qadar faol muloqotdan, turli tadbirlar o‘tkazishdan tiyilishlarini, va albatta, ijtimoiy masofa saqlash, qo‘llarni yaxshilab qayta-qayta yuvish, ko‘chaga chiqqanda niqob taqish kabi karantin qoidalariga qat’iy rioya etishlarini so‘rab qoladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!