Benzema Holand bilan bir jamoada o‘ynamoqchi emas

Benzema Holand bilan bir jamoada o‘ynamoqchi emas

«Real» hujumchisi Karim Benzema hujumchi Erling Holand bilan bir jamoada o‘ynamoqchi emas. Agar «qaymoqranglilar» «Borussiya» to‘purari bilan shartnoma imzolasa, Karim jamoani tark etadi. Bu haqda Ispaniyaning El Nacional nashri xabar bermoqda.

Shu bilan birga, Benzema Kilian Mbappening "Real"ga o‘tishiga qarshi emasligi qayd etilgan. Fransiya terma jamoasidagi hamkorlarning munosabatlari yaxshi.

Florentino Peres Benzemani tarkibda saqlab qolish yoki qolmaslikni tanlashi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!