Belgiya ishbilarmonlari Xorazmda mehmonxonlar qurishga jalb etiladi

Belgiya ishbilarmonlari Xorazmda mehmonxonlar qurishga jalb etiladi

Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Farhod Ermanov Belgiya senatori, parlamentlararo hamkorlik aloqalari bo‘yicha guruh raisi Alan Desteks bilan uchrashdi. Bu haqda Ermanovning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.

Uchrashuv davomida turizm, savdo va iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, jumladan, belgiyalik ishbilarmonlarning viloyatga safarini uyushtirish, ularni viloyatda mehmonaxonalar qurilishi va mehmonxona xizmatlarini tashkil etish bilan bog‘liq investision loyihalarga jalb qilish takliflari ilgari surildi.

Shuningdek, belgiyalik va xorazmlik ishbilarmon doira vakillari biznes-forumini o‘tkazish, o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida Belgiyadagi tarixiy shaharlardan biri bilan birodarlik munosabatini o‘rnatishga kelishib olindi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!