Bayden Ukrainadagi vaziyatni global muammoga tenglashtirdi

Bayden Ukrainadagi vaziyatni global muammoga tenglashtirdi

AQSh Prezidenti Jo Bayden Ukrainadagi urushni nafaqat Yevropa uchun, balki butun dunyo uchu global muammo deb biladi. Bu haqda u Tokioda “QUAD” sammiti arafasida aytib o‘tdi. Bu haqda DW xabar berdi.

Ma’lumot o‘rnida, “QUAD” ittifoqi AQSH, Avstraliya, Hindiston va Yaponiyani o‘z ichiga oladi. Baydenning aytishicha, u va uning ma’muriyati erkin va ochiq Hind-Tinch okeani uchun kurashadi.

“Rossiyaning Ukrainaga hujumi xalqaro tartib, hududiy yaxlitlik va suverenitetning asosiy tamoyillari muhimligini ta’kidlaydi. Xalqaro huquq, inson huquqlari dunyoning qayerida buzilmasin, himoya qilinishi kerak”, deydi Amerika rahbari.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 may kuni AQSh Prezidenti Jo Bayden o‘zining uch kunlik Osiyoga safari chog‘ida Janubiy Koreyada bo‘ldi. 21 may kuni Janubiy Koreya yetakchisi Yun Sok Yol bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik Jo Bayden 22 may kuni Yaponiyaga tashrif bilan bordi. Bu uning lavozimga kirishganidan keyin Yaponiyaga birinchi tashrifi hisoblanadi.

Mazkur tashrif doirasida AQSh Prezidenti “QUAD” ittifoqi mamlakatlari rahbarlari bilan ham uchrashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!