"Bavariya" Zidan variantiga qiziqmayapti

"Bavariya" Zidan variantiga qiziqmayapti

"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan joriy mavsum yakunida "Bavariya"ni boshqarmaydi, deya xabar beradi jurnalist Florian Plettenberg.

Manbaning xabariga ko‘ra, myunxenliklar rahbariyati fransiyalik mutaxassis bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor emas.

51 yoshli Zidan boshchiligida “Real” 3 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi va ikki marta Ispaniya chempioniga aylandi.

Avvalroq “Bavariya” bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2023/24 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishini elon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!