«Barselona» germaniyalik murabbiy bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» germaniyalik murabbiy bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma’lum bo‘ldi

«Barselona» germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik bilan shartnomani uzaytirish imkoniyati bilan ikki yilga shartnoma imzolash borasida kelishib oldi. Bu haqda "Sport.es" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Flik «Barselona»ning sport loyihasi haqidagi tasavvuri bilan «ko‘k-anorranglilar» rahbariyatini jamoaning yangi bosh murabbiyi lavozimiga munosib nomzod ekanligiga ishontirgan. Ta’kidlanishicha, germaniyalik murabbiy uzoq muddatli loyihani amalga oshirmoqchi.

Bundan tashqari, Flik «Barselona»ning og‘ir moliyaviy ahvolidan xabardor va yuqori maosh so‘ramagan. Shu bilan birga, Kataloniya klubi sovrinlarni qo‘lga kiritsa, murabbiy munosib mukofot oladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda «Barselona» Flikning tayinlanishini 30 may kuni e’lon qilishi haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!