Bahodir Jalolov WBO'ning yangilangan reytingiga kiritildi

Bahodir Jalolov WBO'ning yangilangan reytingiga kiritildi

WBO yanvar oyi uchun yangilangan reytingni e’lon qildi. Unga, super og‘ir vazn toifasidagi bokschimiz Bahodir Jalolov ham kiritildi.

Shu tariqa, reytingdan 6 nafar bokschimiz joy oldi:

Hasanboy Do‘smatov (birinchi o‘ta yengil vazn (48,8 kg): 7-o‘rin (o‘tgan oy 8-o‘rinda edi);

Olimjon Nazarov (o‘ta yengil vazn toifasi - 50,8 kg) 2 pog‘ona yuqorilab, 5-o‘ringa joylashtirildi;

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn toifasi - 55,3 kg) 7-o‘rin (o‘tgan oy 6-o‘rinda edi);

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn toifasi - 66,6 kg) o‘tgan oydagi kabi 3-o‘rinda qoldi;

Bektemir Meliqo‘ziyev (supero‘rta vazn - 76,2 kg) o‘tgan oydagidek 7-pog‘onada;

Bahodir Jalolov (super og‘ir vazn - 101 kg) 15-o‘ringa joylashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!