Ayrim maktablar uchun onlayn ta’limga ruxsat berildi

Ayrim maktablar uchun onlayn ta’limga ruxsat berildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, 23 yanvardan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi maktablarda III chorak darslari boshlanadi.

Issiqlik ta’minotida muammosi bo‘lgan maktablar holat yaxshilanguniga qadar o‘qishni vaqtincha masofadan olib borilishiga ruxsat etiladi.

Qaysi maktablar vaqtincha masofadan ta’lim olishlari haqida hududlarning ijtimoiy tarmoq kanallari hamda maktab rahbarlari tomonidan bevosita ota-onalarga xabar beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!