Asakada noqonuniy egallangan yer egasiga qaytarilib, u yerga qurilgan uylar buziladigan bo‘ldi

Asakada noqonuniy egallangan yer egasiga qaytarilib, u yerga qurilgan uylar buziladigan bo‘ldi

Uy-joyga ega bo‘lish va qurishning qonuniy mexanizmlari mavjud bo‘lishiga qaramasdan fuqarolar o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida uy-joylarni noqonuniy barpo etgan holatlarni ko‘plab kuzatish mumkin. Bunday holatlar javobgarlikni keltirib chiqarishi bilan birga qurilgan imoratlarning buzilishiga olib keladi.

Jumladan, Asaka tumani, O‘zbekiston nomli massivi tutzor xaritasining 187q konturidagi “Andijon agropilla” MCHJga tegishli tutzor yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlariga fuqarolar uy-joy qurib, qo‘rg‘on devor bilan o‘rab olgan.

Kadastr agentligi Asaka tuman bo‘limi da’vogarligi ostida chiqqan fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 7 ta ijro hujjatiga binoan jami 0,37 gektar yer maydoni “Andijon agropilla” MCHJga qaytarilishi belgilangan.

Majburiy ijro byurosi Asaka tuman bo‘limi mazkur ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash, noqonuniy egallangan yer maydonlarini o‘z egasiga qaytarish maqsadida majburiy ijro harakatlari olib bordi.

Majburiy ijro harakatlari davomida “kadastr xodimi uyimni hujjatlashtirib bergan”, deb aytayotgan fuqarolar esa hech qanday hujjat taqdim eta olmadi.

Bu masalada tushuntirish ishlari olib borildi hamda jarayonda noqonuniy qurilmalarning beton devor qismlari buzdirilishi ta’minlanib, fuqarolarning iltimosnomasiga binoan uy-joylarning qurilish materiallarini yaroqli holatda buzib olishlari uchun muddat berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!