Arxeologlar Termizdan nimalar topdi?

Arxeologlar Termizdan nimalar topdi?

Termiz arxeologiya muzeyida Fransiyaning Ekol Normal Supermer universitetining Sharq va G‘arb arxeologiya va filologiya labaratoriyasi arxeologi Segolen de Pontbriand bilan arxeologiya muzeyi ilmiy xodimlari o‘zaro tajriba almashishdi.

Madaniyat vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Segolen de Pontbriand Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransuz instituti (IFEAC)ning Termiz arxeologiya muzeyida 3 oylik malaka oshirish granti sohibasi hisoblanadi. Shuningdek, hozirgi kunda Segolen de Pontbriand Fransiya Tashqi ishlar vazirligi moliyalashtirgan O‘zbek-Fransuz arxeologik ekspedisiyasi rahbaridir.

O‘zbek-Fransuz arxeologik ekspedisiyasi 1993 yildan hozirgi kunga qadar faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Bu ekspedisiyaga dastlab Fransiyaning Ekol Normal Supermer universitetining Sharq va G‘arb arxeologiya va filologiya labaratoriyasi ilmiy direktori Pyer Lerish rahbarlik qilgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda Segolen de Pontbriand rahbarlik qilib kelmoqda. Shu o‘tgan davr mobaynida bu ekspedisiya bir qator yodgorliklarda jumladan: Eski Termiz xududida, Chingiztepa-1 ning Shahriston, Qo‘rg‘on qismida hamda Chingiztepa-2 saroyning dahliz qismlarida arxeologik tadqiqot ishlarini olib borgan.

2018 yilda ekspedisiya faoliyati 15 iyundan 15 iyulgacha davom etdi. Unda Termiz arxeologiya muzeyi katta ilmiy xodimlari, Termiz davlat universitetining Tarix fakulteti talabalari ham amaliyot o‘tadilar. Ekspedisiya tomonidan voha arxeologik yodgorliklarida olib borilgan tadqiqot ishlari natijasida topilgan ashyolar Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilib, muzey fondi boyitib borilmoqda.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!