Armaniston mudofaa vaziri Shoygu bilan uchrashish uchun Rossiyaga bordi

Armaniston mudofaa vaziri Shoygu bilan uchrashish uchun Rossiyaga bordi

Armaniston mudofaa vaziri Suren Papikyan yakshanba kuni amaliy tashrif bilan Rossiyaga jo‘nab ketdi va u yerda o‘zining rossiyalik hamkasbi Sergey Shoygu bilan uchrashishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda harbiy idora matbuot xizmati.

"14 avgust kuni Papikyan boshchiligidagi delegasiya Rossiya Federasiyasiga amaliy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu bilan uchrashuv rejalashtirilgan", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, boshqa yuqori martabali amaldorlar bilan ham uchrashuvlar rejalashtirilgani qayd etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!