AQShda yomon ob-havo sababli 47 ta avtomobil to‘qnashib ketdi (video)

AQShda yomon ob-havo sababli 47 ta avtomobil to‘qnashib ketdi (video)

AQShning Kanzas-Siti shahri yaqinidagi qor bilan qoplangan avtomobil yo‘lida kamida 47 ta mashina to‘qnashib ketdi. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 7 kishi jarohat olgan. Bu haqda 16 fevralda New York Post nashri ma’lum qildi.

Yo‘l-transport hodisasida yengil avtomobillar, yuk mashinalar va traktor tirkamalari ishtirok etgan. Ushbu holat tasvirlangan videoda avtomobillar katta tezlikda kelib bir-birlariga urilayotganini ko‘rish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!