AQShda Dar al-Faruk masjidini portlatgan erkak ozodlikdan mahrum etildi

AQShda  Dar al-Faruk  masjidini portlatgan erkak  ozodlikdan mahrum etildi

Keltirilishicha, Maykl Xari laqabi bilan tanilgan 50 yoshli Emili Kler Xari 2017 yil 5 avgustda Minnesota shtatining Blumington shahridagi Dar al-Faruk nomli islomiy markazni portlatgani uchun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Ta’kidlanishicha, portlash ertalab soat beshda markaz hududidagi masjidga namoz o‘qishga yig‘ilgan 20 ga yaqin odamlar bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan. Kler Xari namozxonaning oynasini sindirib, ichiga portlovchi moslamani otib, keyin qochib ketgan. Portlash va yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmagan. Mazkur ish bilan shug‘ullangan sudya Donovan Frenk hujumni «yuqori darajada tayyorlangan va rejalashtirilgan ichki terrorchilik harakati» deb ta’riflagan.

Ma’lumot uchun, Xari va uning ikki sherigi 2018 yil mart oyida hibsga olingan. Xari mahalliy aholiga nisbatan terrorchilik harakati olib borgan jinoiy guruhning rahbari sifatida tan olingan.

https://www.reuters.com/world/us/militia-leader-jailed-53-years-over-minnesota-mosque-bombing-2021-09-14/


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!