AQSh Facebook'ka o‘ta jiddiy ayblov qo‘ydi

AQSh Facebook'ka o‘ta jiddiy ayblov qo‘ydi

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki navbatdagi brifingda Facebookni koronavirusga qarshi vaksinalar haqidagi soxta ma’lumotlarni tarqatishda aybladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ommaviy axborot vositalarida Facebook boshqa ijtimoiy tarmoqlar orasida COVID-19 va vaksinalar haqida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda yetakchilik qilishda davom etayotgani haqidagi xabarlarga izoh berar ekan, Psaki ma’lumotlar Oq uyni ajablantirmaganini aytdi. "Afsuski, Facebook bu muammolar haqida bilganini, ular haqida, ehtimol, pandemiya boshida ham bilganini eshitish biz uchun ajablanarli emas", dedi u.

Psakining eslatishicha, AQSh ma’muriyati vakillari iyul oyida “ijtimoiy tarmoqlar koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatishning asosiy kanali” ekani haqida xabar bergandi. "Biz platformalar ishonchli ma’lumotlardan ko‘ra ko‘proq vaksinalarga qarshi tarkibni tarqatayotganini ko‘rishda davom etmoqdamiz", deb qo‘shimcha qildi Oq uy matbuot kotibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!