Anqarada har kuni 12 ming kishiga iftorlik tashkil etilmoqda

Anqarada har kuni 12 ming kishiga iftorlik tashkil etilmoqda

Turkiyaning Anqara shahri va tumanlari ma’muriyatlar tomonidan shahar mehmonlari uchun madaniy tadbirlar doirasida yirik iftorlik dasturxonlari yozilmoqda. Iftorlar har kuni shaharning 9 ta hududida 12 ming kishiga mo‘ljallab o‘tkazilmoqda.

Islamosfera nashrining yozishicha, madaniy tadbirlar doirasida islomiy qo‘shiqlar konsertlari ham tashkil etilmoqda.

Shahar bo‘ylab muhtodlarga ko‘mak ko‘rsatish tadbirlari ham o‘tkazilmoqda. Doimiy iftorlik chodirlaridan tashqari, nogironlar, yotib qolgan bemorlari bo‘lgan uylarga ham iftorlik yetkazish imkoniyati yaratilgan.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!