Andijonda yong‘in sodir bo‘lgan uyning tom qismi yangidan qurib beriladi

Andijonda yong‘in sodir bo‘lgan uyning tom qismi yangidan qurib beriladi

11 fevral kuni Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi ikki qavatli uyda yong‘in yuz berdi. Yong‘in 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yordamida o‘chirildi.

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur vaziyat viloyat hokimi tomonidan nazoratga olingan. Ta’kidlanishicha, yong‘inni bartaraf etish ishlaridan so‘ng, aholini qo‘llab-quvvatlash ishlari tashkil etilgan.

Hozirda uyni tezkor tartibda ta’mirlash harakatlari boshlangan. Aholi vakillari ovqatlanishi va boshqa zaruriyatlar yuzasidan barcha kerakli sharoitlar yaratilmoqda.

Andijonda yong‘in sodir bo‘lgan uyning tom qismi yangidan qurib beriladi

«12 fevraldan uyning tom qismini yangidan barpo etish ishlari boshlanadi», deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!