Andijonda bemorlarga psixotrop dori berilayotgani aniqlandi

Andijonda bemorlarga psixotrop dori berilayotgani aniqlandi

Andijon viloyatidagi dorixonada, resept asosida beriladigan “Siklodol” dori vositasini bemorlarga ma’lum miqdorda berilayotgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Siklodol” (Xalqaro patentlanmagan nomi: “Trigeksifenidil”) dori vositasi parkinsonizm kasalligi bilan kasallangan bemorlarga buyuriladi. “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi “O‘zbekiston dori ta’minoti” MCHJ kompaniya tizimidagi jamiyatlarni resept asosida beriladigan dori vositalari bilan ta’minlaydi.

“O‘zbekiston Dori ta’minoti” MCHJ omborxonasida “Siklodol Grindeks 2 mg tab №50” (Latviya “Grindeks” AJ) dori vositasi mavjud bo‘lib, “Andijon Dori-Darmon” AJ tomonidan hozirda mazkur dori vositalarini bemorlarga yetkazish choralari ko‘rilyapti.

Shuningdek, ayni kunlarda “Siklodol Grindeks 2 mg tab №50” dori vositasining yangi partiyasi kompaniya bojxona omboriga keltirilgan hamda belgilangan tartibda sertifikasiyadan o‘tkazish ishlari amalga oshirilyapti.

Parkinsonizm kasalligini davolashda qo‘llanadigan bu dori vositasi O‘zbekistonga asosan import asosida olib kelinadi, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchi Neogalenpharm MCHJ tomonidan “Trigeksifenidil 5mg №50” savdo nomi bilan ishlab chiqariladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!