“Andijon mexanika zavodi” SHKning bugungi kun obro‘siga putur yetkazish maqsadida telegram kanallarning birida eski audioyozuvlarni tarqatish davom etmoqda

“Andijon mexanika zavodi” SHKning bugungi kun obro‘siga putur yetkazish maqsadida telegram kanallarning birida eski audioyozuvlarni tarqatish davom etmoqda

Ushbu audio yozuv boyicha quyidagilarni xabar qilamiz, undagi ovozli yozuv 2021yilga tegishli bolib, “Andijon mexanika zavodi” sho‘ba korxonasi xodimi SH.E. korxona uchun mo‘ljallangan metallolomni sotganligi haqidagi ma’lumotlar qayd etilgan. Suhbatni zavod xodimi SH.G. yozib olgan.

Natijada mazkur ish bo‘yicha sud jarayoni bo‘lib otdi, unda javobgar sifatida SH.E, da’vogar sifatida “Andijon mexanika zavodi” SHK sudda ishtirok etdi. 2022 yildagi sud qarori bilan SH.E aybdor deb topilib, korxonaga yetkazilgan zararni to‘lashga majbur bo‘ldi.

Tarqatilayotgan audioyozuv eskirganligi, ayni paytda “Quyuv-mexanika zavodi” AJdan qo‘shimcha metallolom olib borilmagan va boshqa pul o‘tkazmalari amalga oshirilmaganini ma’lum qilamiz.

Soxta ma’lumotlar tarqatish munosabati bilan SH. E., SH.Gga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tekshirish ishlari bosh hisobchi F.A. va ishchi S.A. tomonidan ichki ishlar bo‘limiga yozilgan arizalari asosida olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!