An’anaviy sinovmi yoki avtomatlashgan usulmi? Yoxud ikkisini birgalikda qo‘llash mumkinmi?

A A A
An’anaviy sinovmi yoki avtomatlashgan usulmi? Yoxud ikkisini birgalikda qo‘llash mumkinmi?

Tadviser ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda global IT-bozorning hajmi 4,68 trillion dollarga yetib, avvalgi yildagi natijadan 3,3 foizga ortiq bo‘ldi. Shu sababli tekshiruvchi va QA-muxandis kasbiga bo‘lgan talab ham o‘sdi. Bu o‘zi qanday kasb? Yangi ish boshlayotgan mutaxassis qanday usullardan foydalangani ma’qul? An’anaviy sinovmi yoki avtomatlashgan usulmi? Bu masalani yoritishda bizga qator mashhur kompaniyalar bilan faoliyat yuritgan, ushbu kasb yo‘nalishida 9 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan, shuningdek mamlakatdagi eng muhim raqamli infratuzilmaviy loyihalar uchun BARS GRUP kompaniyasida mahsulotlarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan Denis Latipov yordam berdi.

An’anaviy sinovmi yoki avtomatlashgan usulmi? Yoxud ikkisini birgalikda qo‘llash mumkinmi?

Xo‘sh, QA-muxandis o‘zi kim? Bu sohada 9 yildan ortiq faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassis sifatida o‘z kasbingiz haqida so‘zlab bersangiz

Aslida, hammasi oddiy: ingliz tilidan tarjima qilinganida QA (quality assurance) “sifat ta’minoti” degan ma’noni anglatadi. Bu kasbning rus tilida ham sinonimi bor va ehtimol, siz uni ko‘proq eshitgan bo‘lsangiz kerak – testirovshik, ya’ni sinovdan o‘tkazuvchi yoki, yanada qisqaroq aytadigan bo‘lsak, tekshiruvchi. Bu yuqori malakali mutaxassisning vazifalari, birinchi navbatda, QA qisqartmasidagi aynan o‘sha sifat ta’minotidan iborat. IT-sanoatda har kuni yuzlab, minglab xilma-xil dastur va ilovalar yaratiladi. Hozirgina yaratilgan dasturiy ta’minot qanday ishlaydi? Tekshiruvchi aynan shuni o‘rganadi. U tekshirish, ish qobiliyatini tasdiqlash, dasturdagi barcha xatolar, kamchiliklar va zaif tomonlarni aniqlash kerak bo‘lgan mahsulotni qabul qiladi. Bunda yuqori darajali texnologiyalar tarmog‘i butunlay qamrab olinadi: o‘yinlar, xaritalar, tanishuv ilovalari, professional dasturiy ta’minot, kutubxonalar, grafik tahrirlovchilar hamda inson tomonidan kompyuter, planshet, telefon va boshqa qurilmalarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan har qanday raqamli mahsulot.

Siz qo‘lda, ya’ni an’anaviy va avtomatlashgan sinovni o‘tkazish sohasida ekspert hisoblanasiz, ammo kasbning ichida bunday mutaxassislar soni kam, chunki sinovchilar ko‘pincha ikkita ixtisoslikka ajratiladi. Ularning orasidagi farq nimada?

Farqni ularning nomidan ham ko‘rish mumkin. An’anaviy sinov bo‘yicha mutaxassislar ilovalarni qo‘lda tekshiradi, bu orada avtomatlashgan sinov bo‘yicha mutaxassislar dasturlar yordamida ishlaydi. Keling, bularni batafsil ko‘rib chiqamiz.

An’anaviy tekshiruvchi, mohiyatan, ilova foydalanuvchisiga taqlid qiladi. Ilova ichida u yoki bu harakatlarni amalga oshirib, ilova o‘zini qanday tutishini sinchkovlik bilan kuzatadi. Bunday yondashuv ba’zida fe’l-atvor usuli deb ham nomlanadi.

Avtomatik yondashuvda mutaxassisning avtomat rejimda ilovani “puxtalik” yuzasidan tekshira boshlaydigan maxsus dasturiy ta’minotdan foydalanishi nazarda tutiladi. Umuman olganda, yondashuvning mohiyati an’anaviy sinovga o‘xshaydi. Iste’molchining xatti-harakatlari takrorlanadi, lekin odam o‘rniga zaifliklarni izlash bilan avtomatlashgan algoritm shug‘ullanadi.

Turli maqsad va vazifalar uchun ikkala yondashuvni qo‘llash mumkin.

An’anaviy sinov odatda qanday holatlarda qo‘llaniladi?

An’anaviy sinov – oddiy usul, ammo u mutaxassisning mahorati va tezligiga qattiq bog‘langan. Bunda shaxsiy ko‘nikma va qobiliyatga tayanasiz. Bu usul IT vujudga kela boshlagan vaqtdan buyon mavjud: deyarli barcha, masalan o‘tgan asrdagi ilova va dasturlar – operasion tizimlardan tortib ilk videoo‘yinlargacha – hammasi qo‘lda an’anaviy sinovdan o‘tkazilgan. Bunday tekshiruv ko‘proq afzal ko‘riladigan bir qancha holatlar mavjud.

Birinchidan, qisqa muddatli, kichik loyihalar ishlab chiqilganida: an’anaviy sinov juda qisqa vaqt ichida ishlanmaning bir qismiga aylanishi mumkin hamda salmoqli moddiy xarajatlarni talab qilmaydi. Shunga muvofiq ravishda kichik loyihalar uchun aynan shu yondashuv ma’qul keladi.

Ikkinchidan, ishlanma boshlang‘ich bosqichda bo‘lganida: bunda hajm hali katta emas, ammo sinovlar o‘tkazilishi shart bo‘lganida an’anaviy tekshiruv maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Agar sizda yetarli inson resurslari bo‘lmasa, loyihangiz kichik bo‘lib, uning ishlanmasiga ko‘p vaqt sarflansa, shuningdek inson xatosiga yo‘l qo‘yish imkoningiz bo‘lmagan taqdirda (tekshiruvchi ham odam, odamlar esa yangilishadi) an’anaviy sinovdan foydalanmagan ma’qul.

Tajribangizga tayangan holda avtomatlashgan sinovning qanday afzallik va kamchiliklari mavjudligi ayta olasiz?

Avtomatlashgan sinovda dasturiy ta’minot qo‘llaniladi va bunda chiqariladigan mahsulotga nisbatan takroran bir xil harakatlar (test-keyslar) amalga oshiriladi.

Bunday yondashuvdan unumdorlikni tekshirishda regressiyali sinov yoki modulli sinov qo‘llanilganidan foydalanish ko‘proq foyda beradi: bunday tekshiruvlar ko‘p vaqt va kuch talab qiladi – bularni qo‘lda amalga oshirishga juda uzoq vaqt va ko‘p mablag‘ kerak bo‘ladi. Boshqa bir holat – odatda ko‘p sonli turli keys-testlar bilan bog‘liq bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlardir: bunda bir ishchi shartli ravishda bir yil davomida bajarishi mumkin bo‘lgan ishni dasturiy ta’minot bir shartli kun ichida tugatishi mumkin. Og‘ir, takrorlanuvchi va bir tusdagi ish – avtomatlashgan sinovni qo‘llash uchun ajoyib imkoniyat.

Biroq, kichik hajmdagi mahsulotni tekshirish kerak bo‘lib, bir necha sinov yetarli bo‘lishini mo‘ljallagan taqdirda, avtosinov uchun katta miqdordagi moddiy resurslarni sarflashdan ma’no yo‘q.

Siz tekshiruvchilar uchun o‘tkazilagn birinchi yirik Rossiya xakatonida ha’kam sifatida ishtirok etish tajribasiga ega bo‘ldingiz. Aytingchi, an’anaviy va avtomatlashgan sinov qanchalik farq qiladi?

Bu yondashuvlar o‘zaro qarama-qarshi deb o‘ylash juda katta xatodir. An’anaviy sinov bo‘yicha muxandis hozirda avtomatlashgan sinovning hech bo‘lmaganda boshlang‘ich ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak va aksincha. Bu ikki xil ko‘nikmalar to‘plamidan bir loyiha doirasidagi turli ishlanma qismlarida foydalanish mumkin. Bugungi kunda kasbimizni rivojlantirishning ko‘plab yo‘llari mavjud bo‘lib, ular ishda tekshiruv ko‘nikmalarning muntazam aralashtirilishini taqozo etadi: bu holatga BigData taraqqiyoti hamda sun’iy ong texnologiyalari va mashinali o‘qitish texnologiyalari tobora yaxshilanib borayotgani bilan birdek aloqador.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!